Monthly archives: December, 2021

Mikki Maus

Mikki Maus- juda do’stona va optimist, qiziquvchan qahramon. U sarguzashtlarni yaxshi ko’radi va yangi narsalarni sinab ko’rishga intiladi. Yorqin qizil, sariq va qora ranglarda namoyon bo’luvchi multfilm qahramoni bo’lib, doimo oq qo’lqopda yuradi.

Soat

Bu rasmda soat tasvirlangan. Soat dumaloq shaklda bo’lib, o’ngdan chapga qarab 1dan 12gacha son yozib chiqilgan. Markazda 3ta tayoqcha shakldagi millar bir nuqtada birlashgan. Millar kalta va uzun qora va uzun qizil millardan iborat.

Misr ehromlari

3 burchak shaklini eslatuvchi Misr ehromlari zich joylashgan katta hajmli toshlardan iborat.  Ikkita bahaybat tosh bo’laklari orasidan hatto odamning soch tolasi ham o’ta olmaydi.  

Xalq banki logotipi

Logotipdagi uchta yoysimon chiziqlar Amir Temur tamg‘asidagi uch unsur – osmon, yer va suvni ifodalaydi. Shu bilan birgalikda logotipning aynan insonga o‘xshatib yaratilgani Xalq bankini yanada xalqqa yaqin ekanidan dalolat beradi. Tilla rang – boylik, barqarorlik va ishonchni ifodalasa, yashil rang bankning jadal o‘sayotganini anglatadi..

Germaniya bayrog’i

Bu gorizontal tartibdagi uch chiziqdan tashkil topgan to’rtburchaklar tuvali. Ularning pastki qismida oltin rang bor (u odatda sariq bo’lsa-da), o’rta qismi qizil, yuqori qismi esa qora. Bu nemis milliy ramzining kengligi uchdan beshgacha davom etadi.

Globus

Globus Yer shari aks etgan Unda suvli quruq hududlar davlatlar kickina chizmalar orqali tasvirlangan.Biz bunda materiklarni,okeanlarni ham ko’rishimiz mumkin.Shuningdek ekvator chizig’i ham bor.

Dasturxon usti

Rasmda dasturxon ustidagi 2ta choynak, non savatdagi qora nonlar tavirlangan. Choynak oq rangda bo’lib, choy quyiladigan, choynakni ushlashga mo’ljallangan qismi va qopqoģi mavjud.

Garri Potter

Garri Potter- asarda past bo’yli, ozg’in o’smir sifatida ko’rinadi. Uning tarqoq sochlari, yorqin yashil ko’zlari, dumaloq shakldagi ko’zaynaki va chandig’i sevimli qahramon sifatida uni to’ldirib turadi.