Category «Volontyor bo’lish»

Toj Mahal

Toj Mahal – Hindistonning norasmiy ramzi. Hashamatli inshoot beshta gumbazli, har bir burchagida to‘rtta minorali va unga tutash joylashgan hovuz va favvorali manzarali bog‘dan iborat murakkab inshootdir. Uni qurgan Shoh Jahon, 14 -farzandi bilan tug’ruq paytida vafot etgan xotini Mumtoz Mahalning xotirasini saqlab qolish maqsadini ko’zlagan. O’zining ulug’vorligiga qaramay, Toj -Mahal tashrif buyuruvchilarni o’zining g’ayrioddiy …

Zo’r TV telekanali

O’zbekistonda mashhur Zo’r tv- telekanalining logotipi umumiy sariq rangda bo’lib, “Zo’r” so’zi katta bosma harflar bilan ifodalangan, “tv” so’zi esa O’ harfining o’rtasida joylashgan.

“Youtube” ijtimoiy tarmogʻi

YouTube bizga videolar taqdim etuvchi platforma. unda turli mavzularda video koʻrish va videolar joylash imkoni mavjud. uning bosh sahifasi koʻrinishida qizil rangli toʻrtburchak shakl ichida kichikroq oq uchburchakni va YouTube yozuvini koʻrishimiz mumkin

Zamonaviy sinfxona

Zamonaviy sinf xona Sinf xona juda yorugʻ xona devorlari ning yarmi sariq yarmi esa yashil rangda, xonada 2 ta deraza joylashgan ularning biri katta biri esa kichik, xona chiroqlari 5 ta. Xonada 3 qator ikki kishilik fartalar joylashgan. Xona toʻrida esa yashil rangdagi doska va proektor joylashgan. Proektor yonida komputer stol va stolniy kompyuter joylashgan.

“Qora kvadrat” kartinasi

Malevhich. “Qora kvadrat” kartinasi. Rassom va faylasuf uchun bu erda har bir so’z muhim edi, chunki rangning ustunligi, uning ustunligi Suprematizm asosida yotadi. Bu erda tuvalga surtilgan bo’yoqning rangi har xil soyalarning murakkab aralashmasi bo’lib ko’rinadi, ular orasida biron bir ma’noda qora rang yo’q, va oq ramka engil krem ​​soyalar porlashi deb nomlanadi. “Qora kvadrat” …

” Qizlar ovozi ” maktabi ruchkasi

“Qizlar ovozi” maktabi maxsus ruchkasi: Ruchka binafsharang bo’lib, yuqori qismini burash orqali uning yozuvchi qismini chiqarish mumkin. Mana shu yuqori buraluvchi qismida qizlar ovozi maktabi yozuvi va logotip tushirilgan hamda telefon qo’yib qo’yilishi mumkin bo’lgan maxsus qismi bor. Uch qismida esa smartfonlarni boshqara oladigan rezinalik qismi mavjud.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi

O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i: Bayroq gorizontal ravishda 3ta teng qismga bo’lingan. Yuqoridan birinchi qismi ko’k rangda bo’lib, chap burchagida oy va 12ta yulduzcha (tepada 3ta, o’rtada 4ta, pastda 5ta) tasvirlangan. O’rtadagi qism oq rangda bo’lib, tepa va pastgi chegara qismlari qizil chiziqlar bilan chegaralangan. Eng pastgi qismi esa yashil rangda.

Yangi yil archasi

Rasmda bezatilgan archa va pastida turli sovg’alar tasvirlangan. Archa yuqori qismidan pastga qarab kattalashib borgan dumaloq shakldagi yashil daraxt. U dumaloq, yulduzcha shakladagi har xil rangli o’yinchoqlar va bantikchalar bilan bezatilgan

Naushnik

Naushnik sim, ovoz boshqaruvchi qism, smartfonga ulanuvchi va quloqqa taqiluvchi qismlardan iborat. Smartfonga ulanuvchi qismdan ovoz boshqaruvchi qismgacha bitta sim va keyin ikkita quloqqa taqiluvchi qism bilan tugovchi 2ta simga bo’linib ketgan.

O’zbekiston Respublikasi gerbi

Gerb O’zbekistonning davlat ramzlaridan biridir Gerbimzning o’rtasida humo qush joylashgan Ya’ni hurlik,erkinlik, ozodlik,ramzidir Bundan tashqari quyosh tog’lar va Respublikamizdagi 2ta daryo aks etgan.Bundan tashqari bir tomonida bug’doy,2-tomonida milliy boyligimiz paxta tasvirlangan.Tepa qismida 8qirrali yulduz va yarim oy tasvirlangan.Pastki qismida esa bayrog’imiz rasmi ham tushirilgan